Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha koordinatori bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 31 May 2023 915

    2023-yil 30mayda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terhi Xakala va Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha koordinatori Ilkka Salmi bilan uchrashdi.

    Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi tahdidlariga qarshi kurashish yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

    Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekistonning fuqarolarni, ayniqsa, mojaro hududlaridan ayollar va bolalarni qaytarish hamda jamiyatga reintegratsiya qilish tajribasini yuqori baholadi.

    Afgʻoniston yoʻnalishidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha muntazam muloqotni davom ettirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar joriy yil 26-mayda Ashxobodda (Turkmaniston) Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillarining toʻrtinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtganini olqishladilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.