Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Vazir uni masʼul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasida turli millatlar va dinlar vakillari oʻrtasidagi doʻstlik hamda oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ijobiy hamkorlik tajribasi toʻplangani qayd etildi.

Tomonlarning turli darajadagi konfessiyalararo muloqotni yanada mustahkamlash va faollashtirishga oʻzaro tayyorligi bildirildi.

Vatikan Elchisiga Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash, fuqarolarning diniy sohadagi huquq va erkinliklarini har tomonlama himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.