Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroil hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga tavsiyalar berdi

    Xavfsizlik 17 Iyun 2025 1130

    Shuningdek, odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish lozimligi aytildi.

    Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni qatʼiy tavsiya qiladi.

    • Harbiy va boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik;
    • Odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish;
    • Mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga soʻzsiz rioya qilish, zarurat tugʻilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yoʻl olish.

    Shuningdek vazirlik fuqarolardan zarurat tugʻilganda mamlakatimizning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bogʻlanishini soʻragan.

    Erondagi Oʻzbekiston Elchixonasi bilan aloqa maʼlumotlari:

    • Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025

    Isroildagi Oʻzbekiston Elchixonasi bilan aloqa maʼlumotlari:

    • Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076

    Shoshilinch murojaatlar uchun:

    • +972 (54) 485-1397

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda zaruratga qarab qoʻshimcha axborot taqdim etadi, — deyiladi xabarda.