Hurmatli fuqarolar!

Аgar sizning huquqingiz va qonuniy manfaatlaringiz  buzilsa, ish beruvchi tomonidan hujjatlaringiz olib qoʼyilsa, kompensatsiya toʼlovlari, oylik ish haqi oʼz vaqtida toʼlanmasa, murakkab vaziyatda qolsangiz, huquqiy maslahatlar yoki boshqa masalalarda muammolar yuzaga kelsa, Oʼzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalariga murojaat qilishingiz soʼraladi.

Vakolatxonalar tomonidan mehnatga oid nizolar, xususan, Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligi, roʼyxatdan oʼtish, bandlik masalalari boʼyicha maslahatlar berish, yurtdoshlarimizni ishga yoʼnaltirish, ish haqini toʼlamaslik holatlarini hal qilishda koʼmaklashish, majburiy mehnatdan jabrlangan fuqarolarga yordam koʼrsatish, oʼz vakolatlari doirasida yuridik va huquqiy yordam xizmatlari koʼrsatiladi.

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega boʼlmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli koʼrinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va toʼlovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonalari:

Moskva shahri:
📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor koʼchasi, 11/2 (Metro Polyanka).
☎️ +7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg shahri:
📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya koʼchasi, 4А-uy. 
Oʼzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
☎️ +7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg shahri:
📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext koʼchasi 22 uy.
☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk shahri:
📍Manzil: Novosibirsk shahri, Lomonosova koʼchasi, 55-uy.
☎️ +7 (953) 862-00-07.

Samara shahri:
📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya koʼchasi, 3-uy.
☎️ +7 (917) 872-42-26.

Ufa shahri:
📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni koʼchasi, 4-uy, 516-ofis.
☎️ +7 (917) 469-20-88, +7 (347) 216-33-43.

Ishonch telefonlari: (71) 202-33-55, (71) 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Konsullik okruglari