«Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan», deyiladi murojaatda.