U ta'tildan qaytgandan keyin belgilangan ikki hafta muddat ishlab berishi kerakmi? Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan yuridik masalalar bo'yicha “Norma” ekspertlari - Al`bert SAFIN va advokat eleonora MAZUROVA javob berishdi:
- Ishdan bo'shashga arizani siz ta'tilda yoki kasallik ta'tilida bo'lgan vaqtingizda berishingiz mumkin. 2 haftalik ogohlantirish muddati o'tgandan keyin, hatto ushbu butun davr ta'til yoki kasallik kunlariga to'g'ri kelgan taqdirda ham sizni ishdan bo'shatishlari kerak.
Mehnat kodeksi xodimga ishdan bo'shash haqida 2 hafta oldin ogohlantirish majburiyatini yuklaydi, odatda qabul qilinganidek “ularni ishlab berish”ni emas.
Ogohlantirish muddatiga faqat ish kunlari emas, balki kalendar` bo'yicha barcha kunlar kiradi . Mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizani xodim istalgan vaqtda, shu jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, ta'tilda, xizmat safarida bo'lgan davrda va hokazolarda topshirishga haqlidir. Ko'rsatilgan davrlarning hammasi mehnat shartnomasining bekor qilish to'g'risida belgilangan ogohlantirish muddatiga hisoblanadi.
Mehnat shartnomasini ta'tillar yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida bekor qilishga taqiq faqat ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo'shatishda amal qiladi.
Kamiga, sizning 2 haftalik muddatingiz mehnat qonunchiligida belgilangan ob'ektiv sabablar tufayli qisqarishi mumkin. Aynan:
- o'qishga kirishda;
- pensiyaga chiqishda;
- saylanadigan lavozimga saylanganda;
- boshqa mamlakatga doimiy yashash joyiga chiqib ketishda.








