Taxiatosh IESda quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 17 Iyul 2023 1275

    Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

    “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan bunyod etilgan stansiyaning umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etgan boʻlib, bu yerda monokristall turidagi 1 500 dan ortiq quyosh panellari oʻrnatilgan.

    Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida yiliga 1,8 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Buning evaziga yiliga 400 ming kub/metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

    Shu tariqa, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida oʻrnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 9,6 MVtga yetdi. Joriy yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 15 MVtga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.