Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi

    Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasida Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

    Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevichni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi va Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

    Aytbayev Kamiljan bunga kunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.