Yo'llarni qordan tozalash ishlari olib borilib, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko'rildi.

YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, ayni vaqtda dovon yo'lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.

«Haydovchilardan ehtiyotkor bo'lishlarini, ob-havo va yo'l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlarini so'raymiz», deyiladi xabardar.