Kuni kecha Xalq taʼlimi vazirligi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan mazkur klubning taʼlim jonkuyarlari MFaktor teleklubida norasmiy, ochiq uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.
Taʼlim jonkuyarlari avvalo, tizimdagi pedagog-xodimlarning malaka oshirish tartibi, ularga yaratilgan imkoniyatlar hamda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston maktablarining xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.
Xususiy sektor vakillari tizimni rivojlantirishga hissasini qoʻshishdagi koʻmagi yuzasidan oʻz takliflarini bildirdilar.
Tayanch nuqtasi klubi aʼzolari xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishda birgalikda faoliyat olib boradilar.