Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida soʻzga chiqqan “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar yetakchisi Boburbek Moʻminovni Prezident Fargʻona shahar hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlash boʻyicha topshiriq berdi.

– Bobur, bugundan boshlab hayoting oʻzgaradi, bir yildan keyin Toshkentga olib ketaman. Senga, yoshlarga ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari.