Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim vazirligi mutaxassislari mashgʻulot jarayonini kuzatib, talabalarning harakatlariga baho berdi. Yoshlar tabiiy ofatlar yoki texnogen halokatlar sodir boʻlgan hollarda odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda yongʻin xavfida toʻgʻri yoʻl tutish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli bajardilar.
Tadbir doirasida taʼkidlanishicha, kelajak shifokorlarini tayyorlash jarayoni faqat auditoriyalarda emas, balki shunday hayotiy sinov maydonlarida ham amalga oshirilmoqda. Shifokor boʻlish – bu faqat kasallikni davolash emas, balki xalq oldida masʼuliyatni his qilish va favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlab qolishdir.
Shu maqsadda universitetda maxsus toʻgaraklar tashkil etilgan, mahalla va atrofdagi maktablar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa TDTUning jamoatchilik hayotidagi oʻrni va masʼuliyatini yana bir bor namoyon etdi.
Mashgʻulot yakunida rasman “Fuqaro muhofazasi oyligi” boshlanishi eʼlon qilindi. Uning davomida amaliy mashgʻulotlar, profilaktik uchrashuvlar va targʻibot ishlari oʻtkazilib, yoshlarda xavfsizlik madaniyati yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
Gulchehra Mirzayeva