Tashrif doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va UNIDROIT oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosim davomida TDYUU prorektori Islombek Rustambekov va UNIDROIT Bosh kotibi Ignatio Tirad tomonidan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama doirasida taraflar TDYUU oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun qoʻshma loyihalar, tadqiqotlar, turli tadbirlar, stajirovkalarni tashkil etishga kelishib oldi.
Maʼlumot uchun, UNIDROIT xususiy huquq sohasida xalqaro hujjatlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Uning maqsadi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda xususiy, xususan, tijorat huquqlarini modernizatsiya qilish va muvofiqlashtirish, shuningdek, bir xil huquqiy vositalar, tamoyillar va normalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu memorandum orqali UNIDROIT Toshkent davlat yuridik universiteti aʼzo boʻlgan sakkizinchi xalqaro hamkor tashkilotga aylandi, deb xabar beradi Toshkent davlat yuridik universiteti matbuot xizmati.Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonda xususiy huquq va xalqaro xususiy huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, stajirovkalarni tashkil etish, universitetga xalqaro ekspertlarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.