Tel-Aviv—Samarqand—Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov kechiktirildi

    Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismi yopilgani uchun Tel-Aviv—Samarqand—Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi.

    Bu haqda “Uzbekistan Airways” maʼlum qildi.

    Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini taʼminlash zaruratini inobatga olgan holda, faqat 2024-yil 1-oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi.

    Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2-oktyabr)

    Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2-oktyabr)