Bu haqda “Uzbekistan Airways” maʼlum qildi.

Yaqin Sharq hududida vaziyatning keskinlashuvi va Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi, shuningdek, parvozlar xavfsizligini taʼminlash zaruratini inobatga olgan holda, faqat 2024-yil 1-oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv — Samarqand — Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi.

Samarqandga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan soat 4:40 (2-oktyabr)

Toshkentga yetib kelish taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 6:35 (2-oktyabr)