1. Telefon va dasturlarga turli registr va belgilardan iborat parolni oʻrnating (masalan: P2aR4oL&%^).
2. Jamoat joylarida ochiq tarmoqlarga ulanganda (WiFi, bluetooth va b.) parollarni qoʻlda termang.
3. Ikki pogʻonali identifikatsiya tizimidan foydalaning.
4. Dasturiy taʼminotni faqat rasmiy manbalardan yuklang.
5. Telefon orqali rasm olganingizda, ortiqcha maʼlumotlar mavjudligini inobatga oling (lokatsiya, olingan vaqt va h.k.).
6. Telefoningizni zaryadlash uchun faqat uydagi moslama yoki shaxsiy pauerbankdan foydalaning.
7. ʻFind My Deviceʻ funksiyani yoqish ham foydali.
8. Internetdan brauzerlar orqali foydalanganingizda Safe rejimidan foydalaning.
9. Telefoningizda root huquqlarni ochishga rozi boʻlmang.
10. Telefon xotirasida mavjud maʼlumotlarni shifrlash imkoniyatidan foydalaning.
Albatta bu roʻyxatga murakkab boʻlgan xavfsizlik choralari kiritilmagan.