Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 37 yoshli Ch.J. telefonini yoʻqotib qoʻyganligi, soʻng plastik kartasidan 4 mln 250 ming soʻm pullari oʻgʻirlangani haqida murojaat qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi 30 yoshli Yo.L., telefonni topib olib, telefonga himoya parol qoʻyilmaganligidan foydalanib, telefondagi mobil ilovaning parolini, ilovani oʻchirib, qayta roʻyxatdan oʻtkazish orqali chetlab oʻtib, ilovaga ulangan plastik kartadagi pullarni yechib olganligi aniqlangan.

Yo.L. sodir etgan qilmishi uchun OʻzR JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, Yo.L. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.