— Bu quvvatlash usulida batareya chindan ham qattiq qiziydi va batareyaning umumiy quvvati kamayadi. Bu yo'qotish odatdagi simli quvvatlash bilan taqqoslaganda deyarli ikki baravar ko'p bo'ladi”, deydi ekspert. Bu esa batareyaning tezroq eskirishini anglatadi. Simsiz quvvatlash telefonni simga qaraganda ancha sekin quvvatlantiradi.
Ekspert smartfonni ikkala turda quvvatlashni bir vaqtning o'zida birlashtirishni tavsiya etmaydi. Bunda batareyani haddan tashqari qizib ketish xavfi mavjud.
“Simsiz quvvat olish sog'liq uchun katta zarar etkazmasada, u yaratadigan elektromagnit maydonini hisobga olgan holda, yurak kasalligi bo'lgan odamlar shifokor bilan oldindan maslahatlashishi tavsiya etiladi”, — deya xulosa qildi mutaxassis.