Bunday fayllarni oʻrnatish qurilmangizga zararli dasturlar kirishi, shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻgʻirlanishi va toʻlovlaringizga salbiy taʼsir qilish xavfini keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar agar sizning qurilmangizga bunday .apk oʻrnatilgan boʻlsa, quyidagi bosqichlarni bajarishni tavsiya qildi:
- Darhol internetni oʻchiring yoki telefonni “parvoz/aviatsiya” rejimiga oʻtkazing. Bu zararli dasturning tarmoq orqali maʼlumot uzatishini toʻxtatishga yordam beradi.
- Telefon sozlamalari — “Ilovalar” boʻlimiga kirib, soʻnggi oʻrnatilgan APKni topib oʻchiring. Agar u odatiy oʻchirib yuborish orqali ketmasa, keyingi qadamlarga oʻting.
- Play Market yoki ishonchli skaner orqali tekshiring. Qurilmangizda Play Market mavjud boʻlsa, qidiruv orqali ishonchli skaner ilovasini oʻrnating va “Ilovalarni tekshirish” funksiyasini ishga tushiring. Skanifikatsiya natijasida nomi nomaʼlum yoki xavfli ilovalar aniqlansa, ularni oʻchiring.
- Qurilmadagi muhim maʼlumotlarni saqlab oling (kontaktlar, rasmlar, videolar) va dastlabki sozlamalarga (factory reset) qaytaring. Agar yuqoridagi choralar muammoni hal etmasa, qurilmani tiklash zarur boʻlishi mumkin.
- Bank kartalari va toʻlov xizmatlari xavfsizligini taʼminlang. Agar raqamingiz orqali shubhali SMS/toʻlov xabarnomalari kela boshlasa, bank bilan bogʻlanib, SMS-xizmatni oʻchirish yoki kartani bloklashni soʻrang.
- Agar mustaqil yoʻl bilan hal qila olmasangiz — mutaxassisga murojaat qiling. Axborot texnologiyalari va kiberhavfsizlik sohasidagi mutaxassis qurilmani tekshirib, zararni toʻliq bartaraf etishda yordam beradi.
Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra: .apk fayllarni hech qachon tasdiqlanmagan manbalardon oʻrnatmang, ilovalar va SMS-xizmatlar xavfsizligini muntazam nazorat qilib turing. Ushbu tavsiyalarni yaqinlaringizga yuborib, ularni ham hushyorlikka chaqiring.








