Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus tumanida yashovchi 20 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, A.A. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali soxta havola joʻnatib kelgan. Aldovlarga ishonib  soxta havolaga bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, ular hisobidagi pullarni oʻzining   foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olib oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b"qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.