U bu haqda lenta.ru saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikricha, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, televizordan taralayotgan yorqin nur yurak-qon tomir muammosini, jumladan insult ehtimolini kuchaytiradi. Ko‘pincha yoqilgan televizor yoki podkast – raqamli audio yoki videofayl, bahs-munozarali shou, blog, intervyu ko‘rib, tinglab uxlaydiganlarda organizmning ichki biologik soat me’yorini, moddalar almashinuvini buzib yuboradi va uyqu sifati yomonlashadi.

“Televizor yoqiq turgan payt uning ekranidan taralayotgan nur goh kuchayib, goh pasayib o‘zgarib turadi. Inson miyasi, xira bo‘lsa ham bir xil me’yorda yonib turadigan yoritish manbalaridan ko‘ra, televizordan kuchli ta’sirlanadi. Televizor ovozi esa mikro uyg‘onishlarni yuzaga keltiradi. Odam ularni eslolmaydi, biroq uyqu buziladi, yaxshi dam ololmaydi, asabga ta’sir ko‘rsatadi. Miya uyquda ham ishlab turadi va tovushlarga, signallarga muhim signallarni qayta ishlashda davom etadi” deya iizohlaydi shifokor.

Uning fikriga ko‘ra, agar inson doim yomon uxlasa qon bosimi ko‘tarilishi, qonda qand moddasi oshib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi yig‘ilib insult xavfini va yurak-qon tomir xavfini oshradi. Tatyana Xrebtovaning so‘zlariga qaraganda, bunday holatlarda ayniqsa qon bosimi ko‘tarilib turadiganlar, qand kasalligi borlar va semizlikka moyil insonlar, chekuvchilar, xurrak otadiganlar ehtiyot bo‘lishlari talab etiladi.