Xususan, Paxtakor temir yo'l bekati boshlig'i ishga kiritib qo'yish evaziga fuqarodan 15 mln. so'm pul mablag'i talab qilib kelgan
Mazkur mansabdor shaxs so'ralgan pul mablag'ini tamagirlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 211- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.