Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Temur Malik koʻchasining Sultoniya koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab, shu koʻcha boʻylab Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga olib chiquvchi yoʻnalishda transport harakatiga qaytadan ruxsat berildi.
Harakatlanish tartibi quyidagicha belgilangan:
— Temur Malik koʻchasida Sultoniya koʻchasi tomondan harakatlanganda, qarama-qarshi yoʻnalish orqali Mirzo Ulugʻbek koʻchasiga chiqish mumkin. Ushbu uchastkada tezlik 30 km/soat bilan cheklangan.
— Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan Temur Malik koʻchasi boʻylab Sultoniya koʻchasi tomon harakatlanishga ham ruxsat etilgan. Bu yoʻnalishda ham tezlik 30 km/soat etib belgilangan.
Haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻralmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan tunnelda tirgak devorning bir qismi qisman oʻpirilib tushgandi.