Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga oʻqishga kirish istagini bildirgan joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar 2021-yil 5-sentyabr kunidan 5-oktyabr kunigacha Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (shahar) va tuman boʻlimlariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar uchun Xizmatining hududiy boʻlimlarida harbiy-kasbiy tanlash tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarida ishtirok etishadi.

Test sinovlari tarix hamda chet tili (ingliz) fanlardan oʻtkaziladi.