Musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham oʻz mahoratini namoyish etyapti. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov 73 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida ispaniyalik Bello Kabrerani 6/2, 6/0 hisobida dogʻda qoldirdi.

Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 397, Kabrera esa 1276-oʻrinni egallab turibdi. Bugun Humoyun 1/8 final bahsida Nikolas Parissiaga qarshi kortga chiqadi. Shveysariyalik bu tennischi reytingning 1122-pogʻonasidan joy olgan. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 16:30 da boshlanadi.