Turnirda tajribali tennischimiz Denis Istomin ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazyapti. Biroz avval Istomin turnirning 1/16 bosqichi doirasida avstraliyalik Deyn Suiniga qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz musobaqada 7-raqam ostida saralangan raqibini 6/2, 6/3 hisobida magʻlub etib, 1/8 finalga yoʻl oldi.

Taqqoslash uchun, ayni vaqtda Istomin ATR reytingida 435, Suini esa 326-oʻrinni egallab turibdi.

Endi Istomin keyingi bosqichda ATR reytingida 367-oʻrinni egallab turgan avtraliyalik Omar Yasikaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga boʻlib oʻtadi.