Terma jamoamiz xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida to'rtta medalni qo'lga kiritdi

    Mazkur olimpiadada 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika bo'yicha ilmiy masalalarni bajarishdi.

    Joriy yilning 4-11 dekabr kunlari Moskvadagi fizika-texnika institutida bo'lib o'tgan 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika bo'yicha ilmiy masalalarni bajarishdi.

    Mazkur fan olimpiadasi to'rt nafar o'quvchidan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi. Yakunda yurtimiz sharafini himoya qilgan o'quvchilarimizning barchasi medallarga sazovor bo'ldi.

    Quyida xalqaro olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar bilan tanishing:

    -Jaloliddin Boymahammadov – Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumash medal va milliy olmos medali;

    -Javohir Sultanov – Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumush medali;

    -Mirshodjon Rajabov – Moskva muhandislik-fizika instituti talabasi – bronza medali;

    -Jasurbek G'ulomjonov – Namangan viloyati Chust tumani 71-maktab bitiruvchisi – bronza medali.