Universitet rektori A.Maraximov abituriyentlar bilan suhbatlashar ekan, ularning ilm yoʻlidagi mehnatini hamisha qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi hamda imtihonda omad tiladi.
Shuningdek, rektor abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari bilan suhbatlashdi, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. Ota-onalar uchun shinam va yorugʻ, salqin xona hozirlangan boʻlib, farzandlarini kuzatishlari uchun xona katta ekran, kuller bilan taʼminlangan.
Oliygohda koʻzi ojiz abituriyentlar uchun ham barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Imtihon jarayonlarini Surxondaryo viloyati Koʻzi ojizlar jamiyati direktori B.Jovliyev ham kuzatib bordi.
Joriy yilda 24 nafar abituriyent 14 ta taʼlim yoʻnalishi – Yurisprudensiya, Tarix, Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, tojik tili, ingliz tili va rus tili, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Kompyuter injineringi, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Psixologiya: amaliy psixologiya, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Fizika, Matematika yoʻnalishlaridan imtihon topshirishdi.
Abituriyentlardan imtihonlar mutaxassislik fanlardan yozma shaklda brayl alifbosida va amaliy tarzda olindi.