Ma'lum qilinishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, T.M. MChJ norasmiy boshqarib kelgan D.A. va boshqalar Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozorini qurilishida amalda bajarilmagan qurilish ishlarini qo'shib yozish orqali 538 million so'mni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.