O‘quv markazini tashkil etish uchun Termiz tumani 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabidan bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.