Shu yilning 1-noyabrdan 25-dekabrga qadar Uzbekistan Airwaysʻning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va joʻnab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshiriladi, deya xabar qiladi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Aeroport yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan yopiladi.