Ijtimoiy tarmoqlarda "Tesla“ kompaniyasi nomidan foydalanib tarqatilayotgan ”Tesla X“ yangi loyihasi Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi aholi uchun endi mavjud, xar oy sizga 15.000.000 yetadimi? Unda yangi loyihaga qoʻshiling, bor yoʻgʻi 125 ta joy qoldi» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolgʻon.

Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil maʼlumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring.

“Tesla” kompaniyasiga oid yangiliklardan xabardor boʻlish uchun uning rasmiy sahifasi bilan tanishib borish tavsiya etiladi, deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi.