Elektromobillar qanday turda boʻlmasin, sovuqni yoqtirmaydi: baʼzilarida dvigatelni ishga tushirishda muammolar boʻladi, boshqalarida esa quvvat zaxirasi kamayib ketadi va batareyani zaryad qilish tezligi tushib ketadi. Ammo elektr avtomobil umuman zaryadlanmasligi bu kamdan-kam hollarda boʻladi. Ushbu muammolarga Chikago aholisi ham duch keldi.
Shaharda sovuq harorat tufayli Elektromobillar juda tez quvvatsizlana boshladi hamda sovuq ob-havo sababli barcha “Supercharger” stansiyalari ham ishdan chiqqanligi uchun avtomobillarni quvvatlashning imkoniyati yoʻq.
Zaryadlash uchun kelgan koʻplab elektromobillar boʻsh batareya bilan stansiyalarda qolib ketgan. Baʼzi Tesla egalari elektromobillarini mahalliy Tesla xizmat koʻrsatish markaziga olib borish uchun evakuator chaqirishga majbur. Tesla Ilovasida koʻpchilik Supercharger stansiyalari barchasi toʻlgan deb maʼlumot bermoqda.
Internet tarmoqlarida ushbu hodisa toʻgʻrisida har xil fikrlar mulohazalar aylanmoqda. Xususan, elektromobil egalari oʻzlarining akkumulyatorlarini zaryadlash uchun tayyorlamaganlar, garchi kompaniya buni ayniqsa sovuq havoda qilishni tavsiya qilsada. Biroq, Elestrek taʼkidlaganidek, batareyani tayyorlash navigatsiya tizimining buyrugʻi bilan yaʼni Supercharger stansiyasiga kirgandan soʻng avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak. Shunday qilib, yoki bu funksiya negadir ishlamagan, yoki muammo bunda emas.
Muammo sovuqqa bardosh berolmaydigan zaryadlash stansiyaning oʻzida boʻlishi ham mumkin. Chunki issiq boʻlmagan Norvegiyada ham Tesla elektromobillari kam emas va ularda bunday muammo kuzatilmagan.
Bu haqda Tesla Kompaniyasi hali rasmiy izoh bermagan.