Test sinovlariga 2 soat vaqt beriladi

    Ta'lim 8 Avgust 2020 2826

    AOKAda boʻlayotgan brifingda DTM direktori Majid Karimov test jarayonlari haqida ayrim qoʻshimcha maʼlumotlarni maʼlum qildi.

    Jumladan, oʻtgan yillari test sinovlari katta pavilyonlarda 3 ta smenada boʻlgan edi. Joriy yilda esa stadionlarda 2 ta smenada test oʻtkaziladi.

    2 ta fandan jami 60 ta test savollariga javob topish uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladigan boʻldi.

    Shunda 1-smena 08:00 da boshlansa, 10:00 da tamom boʻladi. 2-smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Soat 10 dan 17 gacha stadionda hech kim boʻlmaydi.

    Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yoʻlakdan oʻtadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar ishlatiladi. Shuningdek, stadionda boʻlayotganligini inobatga olib, abituriyentlarga oq bosh kiyim (kepka) tarqatiladi.