Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari Kamar Serkayev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, texnik chigitni qayta ishlashga ixtisoslashgan 303 ta yogʻ-moy korxonasining 77 tasi paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun belgilangan talablarga muvofiq, 226 tasi esa korxona faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi qayd etildi.
Jumladan, 35 korxona hech qanday texnologik uskuna bilan jihozlanmagan. Shuningdek, ularning 52 tasida faqat presslash uskunasi mavjudligi, 13 tasida ekstraksiyalash uskunasi yoʻqligi, 126 korxona esa toʻliq texnologik siklga ega emasligi aniqlandi.