Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Ushbu roʻyxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishlarini bilish mumkin.
Maʼlumot uchun, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarda oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega.








