Maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimizda tez tibbiy yordamning tezkorligi, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish, uning qamrovini kengaytirish, soha amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada, “tez yordam” brigadalari reanimobillar bilan taʼminlanib, tizimda xizmat koʻrsatish radiusi qisqarib bormoqda.
Jumladan, sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida 2021-yilning birinchi choragiga kelib, tez tibbiy yordam tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ oʻrtacha 6 ming 500 soʻmni tashkil qilmoqda. Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, bu raqam 2016-yilda 500 soʻmdan iborat edi, xolos.
Shuningdek, mamlakatimizda 2016-yilda atigi 800 ta “tez yordam” shoxobchalari mavjud boʻlgan boʻlsa, bugunga kelib, ularning soni 1 ming 666 taga yetkazildi.
Bundan tashqari, 2021-yil birinchi choragida “tez yordam” brigadalari jami 2 ming 685 taga yetdi. Vaholanki, bu raqam 2016-yilda 1 ming 648 tani tashkil qilgan edi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.