Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati maʼlumot berdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan “Sogʻlom va xavfsiz yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Namangan shahrining Dashtbogʻ mahallasida yashovchi, 2001-yili tugʻilgan fuqaro giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatini yashirish va javobgarlikdan qutulish maqsadida tezkor xodimga 2 000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.
Tezkor xodim tomonidan bir necha bor bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqaro pulni bermoqchi boʻlgan paytda IIV SHXBB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.