Jumladan, “The Holland Times” saytida shunday xabar eʼlon qilindi:
“GSP+” dasturiga qoʻshilish talabgor mamlakatdagi inson huquqlari, mehnat munosabatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv kabi tizimlar obdon oʻrganilib, YEI komissiyasi monitoring guruhi xulosasiga koʻra amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston tomoni “GSP+” benefitsiar mamlakati maqomini olish uchun 2020-yil boshidan harakatni boshlagan edi. Ichki tasdiqlash jarayoni tugagandan soʻng, 2020-yil 9-iyun kuni Oʻzbekiston Yevropa komissiyasiga aʼzolik uchun talabnoma yubordi.
Ayni kunlarda Oʻzbekistonda 3000 turdagi mahsulotni bojxona toʻlovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotni esa imtiyozli stavkalar bilan YEI mamlakatlariga eksport qilish imkonini yaratgan “GSP+” tizimi amalda. Qolaversa, “GSP+” doimiy ravishda bojsiz kirish uchun mahsulotlar turini kengaytirish tarafdori.
Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar oʻz mahsulotlarni Yevropa bozoriga sotishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishi mumkin. Shu bilan YEI mamlakatlariga bojsiz eksport qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning soni 6200 taga koʻpayadi. Bu birgina toʻqimachilik sanoatida mahsulotlar eksportini yiliga qariyb 300 million dollarga oshirish imkonini beradi.