Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.T.” MCHJning savdo doʻkoni sotuvchisi S.X. tadbirkorning umumiy bahosi 73,2 mln soʻmlik tibbiy buyum va anjomlari sotuvidan tushgan mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.