Tadbirda fuqaro M.R. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro J.M.ga jami 50 ming dona tibbiyot etil spirtini 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruvda, M.R. ushbu spirt mahsulotlarini “A.” MCHJ tomonidan berilgan qalbaki hisob-faktura orqali sotish uchun olib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.