Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot klinikasi xodimlari o'zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB rasmiy munosabat berdi.
Unda keltirilishicha, joriy yilning 14-iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida 1982-yilda tug'ilgan K.A. va 1982-yilda tug'ilgan U.X. o'zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketishgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda. Natijasi bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.