Unda Vilnyus Universiteti maslahatchisi professor Mindaugas Paulyukas, Global Health tashkiloti eksperti, epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori, doktor Xamdard Naqibulloh /Germaniya/ shuningdek, JAMK amaliy fanlar universtiteti professori Annina Kangas Miyemi /Finlandiya/ oʻquv jarayoniga masofaviy taʼlimni joriy etish, bu yoʻnalishda toʻplangan tajriba va yutuqlar borasidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Muloqot jarayonida vizual va audio aloqalarning taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdagi ahamiyatiga alohida urgʻu berildi.
Konferensiyada masofaviy taʼlimning oʻziga xos xususiyatlari, bu boradagi xorij tajribasi, kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish bilan bogʻliq taklif va mulohazalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Konferensiya ishtirokchilari masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirishda maʼruza va amaliy mashgʻulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va oʻzlashtirish imkonini beruvchi elektron axborot saqlovchi va yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga toʻliq tadbiq etish taklifi bilan chiqdilar.
Taʼlim jarayonida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish, bu jarayonni raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar (leksiyani boshqa oʻquv xonasidan yoki oliy taʼlim muassasasidan onlayn oʻzlashtirish), “blended learning” (avvaldan yozilgan leksiya va seminar mashgʻulotlarini uyda oʻzlashtirish) va “flipped classroom” (leksiyani uyda oʻzlashtirish, seminar mashgʻulotini oliy taʼlim muassasasida bajarish) texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etishda xalqaro tajribalarni oʻrganish va foydalanish zarurligi aytildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati











