“Tik-Tok” 12.7 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi

    “Tik-Tok”ning bolalarning shaxsiy hayotini himoya qilmagani bunga asos boʻlgan.

    “Tik-Tok” Buyuk Britaniyaning maʼlumotlarni nazorat qiluvchi tashkiloti tomonidan bolalar shaxsiy hayotini himoya qilmagani uchun 12,7 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.

    “Tik-Tok” maʼmuriyati hisob qaydnomasini yaratish uchun minimal yosh sifatida 13 yoshni belgilaganiga qaramay, ushbu yoshdagi koʻpchilik bolalar ijtimoiy tarmoqqa kira olganligi bunga sabab boʻlgani taʼkidlanmoqda.

    “Tik-Tok” maʼmuriyati ushbu holatda jarima miqdori boʻyicha shikoyat qilish huquqiga ega. Bunda ish qayta koʻrib chiqilib yakuniy qaror bilan jarima miqdoriga aniqlik kiritiladi.