Tinch okeani chuqurligida yuz bergan 7.7 balli kuchli zilzila Fiji, Yangi Zelandiya va ularning yaqindagi orollarda sunami toʻgʻrisidagi ogohlantirishlarga sabab boʻldi.

Yangi Zelandiyadagi tabiiy ofatlarni boshqarish boʻyicha milliy agentligi ham tarqatgan bayonoti  shimoliy sohilda yashaydigan aholini imkon qadar tezroq bu mintaqani tark etishga chaqirdi.

Bu agentlik shuningdek mamlakatning boshqa hududlaridagi aholini daryo, plyaj va portlar boʻylab yigʻilishdan oʻzini tiyilishga daʼvat etdi.

Tinch okeanida yuz bergan kuchli zilzila, Yangi Zelandiyaning qirgʻoqlaridan 860 km uzoqlikda okeanning Loyatli oroli yaqinidagi suvning 10 km chuqurligida yuz berdi.

Yevropa seysmologiya markazi Indoneziya orollari yaqindagi 6,2 balli zilziladan keyin yuz bergan bu zilzila kuchini 7,2 ballni tashkil qilganini eʼlon qilgan boʻlsada, ammo AQSHning seysmologiya markazi uning kuchini 7,7 bal deb baholadi.