Kinokartina Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan.

Premyeradan avval adib poyiga gulchambar qoʻyildi va mushoira tashkil etildi. Yosh ijodkorlar ustoz adib sheʼrlari bilan birgalikda oʻz ijodiy mashqlaridan ham oʻqishdi.  

“Tirik sayyora” hujjatli filmi ssenariy muallifi Xurshid Doʻstmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulovlardan iborat ijodiy guruh tomonidan suratga olindi.  

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor, Zulfiya haqidagi filmlar premyera qilingandi. 29-sentyabrga qadar Choʻlpon, Oybek, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari boʻlib oʻtadi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati