TIV Eron va Isroilda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

    Xavfsizlik 13 Iyun 2025 1258

    Tashqi ishlar vazirligi Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan sizlardan xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni soʻradi.

    Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qoʻmondonligi ogohlantirishlariga amal qilish tavsiya etilgan.

    Har ikki davlatdagi fuqarolarimiz rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib boring, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa maʼlumotlarini doimo yoningizda saqlang, — deyiladi murojaatda.

    Erondagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:

    • Telefon: 22299780, 22832025

    Isroildagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:

    • Telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076

    Shoshilinch xabarlar uchun:

    • 054 485 1397