TIV huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga yangi rahbar tayinlandi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbarlik qiladi.

    48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan.

    Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borgan.

    U nemis va ingliz tillarini biladi.

    Sanjar Valiyev 2019-2023-yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov oʻrniga tayinlandi.