- Bu ishni davom ettirayotgan uchinchi avlodmiz. Oʻgʻillarimiz va nabiralarimiz toʻrtinchi va beshinchi avlod hisoblanishadi.
Bu ishni bundan yuz yil burun bobomning otalari Yoʻldoshli buva boshlaganlar. Bobom Tojihaydar ikkinchi jahon urushiga qadar ishlab, jangdan qaytmaganlar. U paytda bu vosita yogʻochli sol boʻlgan. Uni xodalar bilan harakatga keltirishgan.
Ushbu paromni otam Ahmadjon Tojihaydarov 1985-yilda ishga tushirganlar. U oltita mashina, yuz-yuz ellik nafar yoʻlovchini sigʻdira oladi, - deydi Baxtiyor Tojihaydarov.
Parom hamon harakatda. U odamlarning 40-50 kilometrlik uzogʻini yaqin qilmoqda.