Gidrometeorologiya xizmati markazi kuchli shamoldan ogohlantirdi

    Gidrometeorologiya xizmati markazining ma'lumotiga ko'ra, bugun poytaxtda shamol va qisqa muddatli yomg'ir kutilmoqda.

    Shamol tezligi 12-17 m/s gacha etishi mumkin. Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruktsiyalarni oʻrnidan qoʻzgʻatishi mumkin.

    Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast etishi mumkin.

    Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruktsiyalarni oʻrnidan qoʻzgʻatishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast etishi mumkin.

    Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruktsiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlarini soʻraymiz.

    Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.